Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) diplomi topshirildi
2025-yilning 1-mart kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida «Zооinjeneriya» kafedrasi o‘qituvchisi A.Urimbetovga qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) diplomi topshirildi. Ushbu tantanali voqea talabalar va o‘qituvchilar uchun muhim ilmiy yangilik bo‘ldi.
Filial direktori A.Esimbetov tadbirda A.Urimbetovni samimiy tabriklab, uning ilmiy ishlari va yutuqlarini yuqori baholadi. Direktor shuningdek, filiali o‘qituvchilari orasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar sonining ortib borishi, universitetning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, shuningdek, talabalar uchun ham o‘rnak bo‘lishi, filiali uchun ijobiy natija ekanligini ta’kidladi.
Filial jamoasi nomidan A.Urimbetovni ushbu yuksak ilmiy darajaga erishgani bilan chin dildan tabriklaymiz. Uning kelajakdagi ilmiy faoliyati, yangi yutuqlari va o‘zining tajribasi bilan yosh mutaxassislarni ilhomlantirishga davom etishiga ishonamiz. Ma’lumot uchun,
Urimbetov Axmet Abdirazakovich 06.02.01.-“Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik” ixtisosligi bo‘yicha “Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari va seleksion usullari” mavzusida dissertatsiya ishi himoya qilib, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi.
скачать dle 12.1