Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilantadbir o‘tkazildi
2025-yilning 14-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Axborot resurs markazida Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludi munosabati bilan tadbir tashkil etdi. Ushbu tadbirda “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi I.Xalmuratov buyuk shoir va sarkarda Boburning adabiy, ilmiy va siyosiy faoliyati, uning insoniyat tarixidagi o‘rni, shuningdek, o‘zbek xalqining ma’naviy va madaniy merosidagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan Bobur g‘azallari ijro etildi. Boburning adabiyotga qo‘shgan hissasi, ayniqsa, uning g‘azallarining falsafiy chuqurligi va poetik go‘zalligi haqida fikrlar bildirildi.
Boburning tarixiy va madaniy merosini yanada chuqurroq o‘rganish, yosh avlodga uning buyukligini yanada kengroq tushuntirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda talaba-yoshlar atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Bobur ilm-fan va san'atning bir nechta jabhalarida to‘plagan bilimlarini va tajribasini o‘zi asos solgan davlatning taraqqiyotiga sarfladi. Bu esa uning nafaqat shoir, balki muvaffaqiyatli sarkarda va davlat arbobi sifatidagi ko‘rinishini ta’minladi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari Bobur ijodining bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligini ta’kidlashdi. Uning asarlari nafaqat o‘zbek adabiyotining bir qismi, balki butun jahon adabiyotining ajralmas qismi sifatida qadrlanadi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni Bobur merosi bilan tanishtirish, uning ijodiy faoliyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va buyuk shoirning bilim va tajribasini kelajak avlodga yetkazishdir.
Tadbir Bobur merosining yangi avlodlar orasida yanada kengroq targ‘ib qilinishi, uning asarlarini zamonaviy talqinlarda o‘rganish va xalqaro miqyosda uning ilmiy va adabiy yutuqlarini namoyish etish yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi.
скачать dle 12.1