To‘garak a'zolariga «Aholining oziq-ovqat mahsulotlarining asosi qoramolchilik» mavzusida tushuncha berildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Zooinjeneriya» kafedrasining «Yosh chorvadorlar» to‘garagi a'zolariga «Aholining oziq-ovqat mahsulotlarining asosi qoramolchilik» mavzusida tushunchalar berildi.
Ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi S.Abuov tomonidan tashkil etilgan dars davomida talabalarga aholi oziq-ovqat iste'moli uchun zarur bo‘lgan chorvachilik mahsulotlari jumladan sut, go‘sht va tuxum yetishtirishda fermer xo‘jaliklarida boqilayotgan zotdor qoramollarning parvarishi, ozuqa ratsionining to‘g‘ri tuzilishi muhim ahamiyat kasb etishi bo‘yicha zarur ma'lumotlar berildi.
Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda nimalarga alohida e'tibor qaratish zarur ekanligi, mavjud imkoniyatlar, chorva mollarini to‘g‘ri oziqlantirish, yer maydonlarini keng bo‘lishi xususida atroflicha tushunchalar berildi. To‘garak a'zolari ham so‘zga chiqib, mavzu doirasida o‘z fikr va mulohozalarini bildirdi va tayyorlagan slaydini taqdim etishdi. Olib borilgan to‘garak davomida talabalarning bilimlari yanada mustahkamlanib, kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1