Xalqaro qishloq ayollari kuni munosib nishonlandi
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Poytaxtimizdagi Yoshlar markazi binosida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali tomonidan 15 oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Abdukarimova, qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K.Kariev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, filial rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov tadbir boshida so‘z olib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yangilanishlar va erishilayotgan ijobiy natijalar hamda ushbu jarayonlarni amalga oshirishda inson qadri va manfaatlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganligi haqida to‘xtaldi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mehmonlar qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining yanada yuksak darajada rivojlanishi, aholini sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta'minlash hamda qishloqlarda istiqomat qiladigan hamyurtlarimiz turmush tarzini yanada yaxshilash farovonligini oshirishda salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan qishloq ayollarning matonati va irodasi taqsinga loyiq ekanligini qayd etishdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib kelayotganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.
–Qishloqda yashab, halol mehnat qilib kelayotgan ayollarning jamiyatdagi o‘rnini ko‘rsatish, ularning takliflarini o‘rganib, muammolarini ijobiy hal etishga e'tibor qaratish, faol va tashabbuskor ayollarni munosib rag‘batlantirib borish bugungi kunda juda muhim masala, — deydi — qo‘mita raisining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Abdukarimova. Samimiy va sodda, fidoyilik timsoli bo‘lgan, qishloqlarimiz obodligi va xonadonimiz dasturxonlarining to‘kin-sochin bo‘lishiga ezgu hissa qo‘shib kelayotgan qishloq ayollari har doim hurmat va e'zozda ekanligi e'tirof etildi.
Tadbir davomida bayra munosabati bilan qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillardan beri samarali faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda filialda faoliyat yuritayotgan bir guruh xotin-qizlar fidokorona mehnatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Tantanali taqdirlash marosimi o‘z yakuniga yetgach yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi filormoniyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining taniqli qo‘shiqchilari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. El suygan san'atkor ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.





















скачать dle 12.1