Qishloq ayollariga bayram kayfiyati ulashildi
Jahonda 2008 yildan beri 15 oktyabr sanasi — Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu sana munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori A.Esimbetov Qarao‘zak tumanidagi «Qoybaq» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi qishloqda bo‘lib, qishloq ayollari bilan uchrashdi.
Tashrif davomida ushbu hududda yashab, mehnat qilib kelayotgan kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlarning holidan xabar olinib, bayram tabriklari bildirildi. Shuningdek, ularga oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Olib borilgan samimiy muloqot davomida so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasiga qaratilayotgan katta e'tibor, aholini sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta'minlashda hamda qishloq hududlarining rivojlanishida qishloq ayollarining o‘rni beqiyos ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Samimiy va sodda qishloq ayollari bayram arafasida o‘zlariga ko‘rsatilgan bunday etibor uchun mamnuniyat bilan minnatdorchilik bildirishdi. Oddiy qishloq hayotida yashab, halol mehnat qilib rizq topib kelayotgan shuk abi ayollar har bir xotin-qizga o‘rnak bo‘lsa arziydi. Ularning yuzlaridagi ajinlarda hayotning shirin va achchiq tashvishlari o‘z aksini topgan. — Bayram munosabati bilan ularga ozgina bo‘lsa ham ko‘tarinki kayfiyat ulasha olgan bo‘lsak ezgu maqsadimizga yetgan bo‘lamiz —deydi A.Esimbetov. Filialda Xalqaro qishloq ayollari bayrami munosabati bilan tadbirlar davom etadi.\
скачать dle 12.1