SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Qoraqalpogʻistonda test sinovlari davom etmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Ayni kunlarda Respublikamizda 2024-2025 oʻquv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida abituriyentlarning test topshirish jarayonlari shaffof tarzda olib borilmoqda.
Ushbu bino hududida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining mas'ullari tomonidan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Bugun test sinovlarining hinchi kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Otemuratov, filial direktori A.Esimbetov test jarayonlari hamda ota-onalar uchun tashkil etilgan kutish joylari bilan yaqindan tanishib, abituriyentlarning ota-onalari bilan samimiy suhbat olib bordi. B.Otemuratov o‘z nutqida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni oliy ta'limga qamrab olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ezgu tashabbuslar, test sinovlarining adolatli va shaffof o’tishini ta’minlashga qaratilayotgan alohida e'tibor haqida to‘xtalib, barcha abituriyent yoshlarga omad tiladi. Ma'lumot o‘rnida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida test sinovlari 5 ta binoda bo‘lib o‘tmoqd