Ishchi guruh a'zolari filialda o‘rganish ishlarini olib bordi
Ayni kunlarda Qoraqalpog‘istondagi oliy ta'lim muassasalarida ishchi guruh o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Bugun ishchi guruh a'zolari filialda bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, o‘quv-uslubiy faoliyatini takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i Lochin Zaripov o‘quv xonalari, kutubxona, laboratoriyalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘quv laboratoriyalariga yaqinda keltirilgan yangi jihozlar bilan tanishdi. Shuningdek, tashrif buyurganlar o‘qituvchilar xonasida bo‘lib, ular bilan muloqot olib bordi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad oliy o‘quv yurtlarining sharoitlarini o‘rganish, amaliy ko‘mak ko‘rsatish va tizimda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdan iborat. Ishchi guruh a'zolari filialda talaba-yoshlar ta'lim olishi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
скачать dle 12.1