Filialda ma’naviyat marafoniga start berildi
Bugun yurtimiz bo‘ylab “Biz bir bo’lsak – yagona – xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida ma’naviyat marafoni start oldi. Marafon davomida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Baxtli bo‘lish o‘z qo‘limizda!» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati G.Qaypanova, «Ma'rifat» targ‘ibotchilari jamiyati a'zosi Q.Mambetov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir boshida filial pisixologi tomonidan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar ishtirokida «Baxtli bo‘lish o‘z qo‘limizda!» shiori ostida plakatga stikerlar bilan baxt haqida o‘z tushunchalarini va fikrlarini yozib qoldirish jarayoni olib borildi. «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov tadbir boshida so‘z olib, uning ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir davomida minbarga chiqqanlar, bugungi kunda mamlakatimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni yanada yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilayotganligi va bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtaldi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, jumladan, ham jismonan ham ruhan sog‘lom shaxs sifatida tarbiyalash har qachongidan ham muhim ekanligi, yoshlarda vatanparvarlik, ezgu maqsadlarga intilish tuyg‘ularini shakllantirish, ularga sifatli bilim berish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi. Yoshlarni sog‘lom fikrlashga o‘rgatish va ular qalbida milliy ma'naviyatimizga hurmatni yanada yuksaltirishda shu kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning ahamiyati juda katta bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz bo‘ylab ezgu shior ostida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir yoshlarning kelajakda katta maqsadlarga intilishiga turtki bo‘ladi.









Axborot xizmati скачать dle 12.1