Bitiruvchi bosqich talabalariga professor tomonidan ma'ruza o‘tildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi veterinariya vositalari, ozuqaviy qo‘shimchalar sifatini va muomilasini nazorat qilish bo‘yicha ilmiy markaz direktor o‘rinbosari, veterinariya fanlari doktori, professor N.Yuldashev va ilmiy markaz mutaxassisi, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent S.Ashurovlar tashrif buyurib, talaba- yoshlarga ma'ruza o‘tdi. Tashrif avvalida, mehmonlar filial direktori Adilbay Esimbetov bilan o‘quv jarayoni, talabalar sifatli ta'lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, kelgusida ularning bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlikda talabalar uchun master klasslarni tashkil etish bo‘yicha muloqot olib borildi.
Ta'lim sifatini yanada yaxshilash borasida mulohazalar yuritildi. Shundan so‘ng professor N.Yuldashev va S.Ashurov tomonidan filialning bitiruvchi bosqich talaba-yoshlariga "Hayvonlar Fassiolyozi, paramfistomatozlari, va oreintabilxarsiozi" mavzusida ma'ruza tashkil etildi. Dars davomida tinglovchilarga mavzu bo‘yicha to‘laqonli ma'lumotlar taqdim etildi. Talabalar katta qiziqish bilan tingladi. Ma'ruza savol-javob shaklida davom ettirildi. Ushbu tashkil etilgan ma'ruza orqali bitiruvchi kurs talabalarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlari yanada mustahkamlandi.






скачать dle 12.1