Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan poytaxtimiz Nukus shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
Kuni-kecha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida olimpiadaning tantanali ochilish marosimi boʻlib o‘tdi. Ushbu tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari B.Otemuratov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Kayupov ham oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Marosim doirasidaoliy taʼlim muassasalari tomonidan turliko‘rgazmalar tashkil etildi. Mehmonlarnon-tuz bilan kutib olingach, ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi. Ushbu tadbirga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali jamoasi va talaba-yoshlari direktor A.Esimbetov rahbarligida o‘z ko‘rgazmalari bilan faol qatnashdi va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan konsert dasturini tomosha qilishdi.
Ma'lumot o‘rnida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasiga 40 dan oshiq oliy o‘quv yurtlarining 200 nafardan ortiq talabalari ishtirok etishmoqda. Olimpiada Qoraqalpoq davlat universitetining sport saroyida o‘tkaziladi.
скачать dle 12.1