Filial Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining majlislar zalida filial Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a'zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi. Filial direktori, Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, dosent A.T.Esimbetov yig‘ilishni ochib berdi va olib bordi.
Yig‘ilish kun tartibida filialda qaror va farmonlarning ijrosi va ularni nazorat qilib borish, ijro etish tartibiga amal qilish holati bo‘yicha Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Samandarovning va filialdagi ta'lim tizimi,o‘quv jarayoni barcha yo‘nalishlarda HEMIS platformasi orqali amalga oshirilayotganligi, talabalar davomati va o‘qish jarayonlari haqida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarovning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi A.Sheripbaev talaba-yoshlar bilan shu kungacha olib borilgan va bajarilgan hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami, ular bilan birgalikda yangi g‘oyalarni ilgari surish, hamkorlikda ish olib borish samaradorligini yanada orttirish borasida rejalashtirilgan ishlar bilan kengash a'zolarini tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilish davomida pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga ma'ruzachilardan ilmiy-tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Mambetnazarovning xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobati tinglandi. Yig‘ilish muhokamasida kengash a'zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi va tegishli masalalar muhokama qilindi.
скачать dle 12.1